Kechki ta’lim fakulteti birinchi bosqich talabalari uchun tarixiy ekskursiya tashkil etildi


Samarqand iqtisodiyot va servis instituti kechki ta’lim fakulteti birinchi bosqich talabalari uchun ma’naviy-ma’rifiy ekskursiya tashkil etildi. Ekskursiya davomida talabalar buyuk sarkarda xotirasi ramzi bo‘lgan Amir Temur haykali hamda jahon tarixida muhim o‘rin tutuvchi me’moriy obida Go‘ri Amir maqbarasini ziyorat qilishdi.
Tashrif davomida talabalarga tarixiy obidalar, ularning bunyod etilish tarixi va o‘z davrida tutgan o‘rni haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi. Bunday ekskursiyalar yoshlarda Vatanga mehr, milliy qadriyatlarga hurmat va tariximiz bilan faxrlanish tuyg‘ularini yanada kuchaytiradi.