Samarqand iqtisodiyot va servis instituti vakillari xalqaro malaka oshirish dasturida ishtirok etishmoqda

2026-09-23 24
Share: Telegram Telegram Facebook Facebook
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti vakillari xalqaro malaka oshirish dasturida ishtirok etishmoqda

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti inson resurslarini boshqarish kafedrasi katta o'qituvchisi Bobir Qilichov hamda menejment kafedrasi assistenti Navruzbek Niyatov Turkiya Respublikasining nufuzli Rejep Tayyip Erdoğan universitetida (Recep Tayyip Erdoğan Üniversitesi) tashkil etilgan xalqaro malaka oshirish va ilmiy stajirovka dasturida ishtirok etishmoqda.

"Modern Approaches to Teacher Retraining and Professional Development" nomli xalqaro dastur doirasida institut vakillari ta'lim jarayoniga zamonaviy va raqamli texnologiyalarni joriy etish, pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish hamda ilg'or xalqaro tajribalarni o'rganish bo'yicha mashg'ulotlarda qatnashmoqda.