Back to Registrar's Office
Administration Boshqarma boshlig'i: Karimov Anvar Aktam O‘g‘li 1 716

Registrator office

Employees
17
Divisions
2
Files
0
KARIMOV ANVAR AKTAM O‘G‘LI Boshqarma boshlig'i Karimov Anvar Aktam O‘g‘li
Content is being prepared.

Maʼlumotlar bazasi (back office) boʻlimi vazifalari

Statistik maʼlumotlarni yuritish sektori bo'yicha:

  • talabalar, resurslar, shartnomalar, mashgʻulotlar va talabalarning oʻzlashtirishi haqidagi turli xil statistik maʼlumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish;
  • talabalarning kursdan kursga qolishi, talabalar safidan chetlashtirilishi va akademik taʼtilga chiqishi boʻyicha statistik maʼlumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish;
  • oʻqishni koʻchirish va tiklashga tavsiya etilgan talabalarga oid statistik maʼlumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish;
  • topshiriq va murojaatlarga asosan oliy taʼlim tashkiloti faoliyatiga doir statistik maʼlumotlarni taqdim etishga tayyorlash;
  • oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan Statistika agentligiga taqdim etiladigan hisobot shakllarini yuritish;
  • bitiruvchilar toʻgʻrisida umumiy maʼlumotlar bankini shakllantirish;
  • bitiruvchilar bandligini ta'minlash hamda ishga joylashganligi bo'yicha olib borilgan monitoring yuzasidan maʼlumotlarni olish, umumlashtirish va tahlil qilish;
  • "HEMIS" axborot tizimiga kiritilayotgan statistik maʼlumotlarning toʻgʻriligini tahlil qilib borish.

Oʻquv jarayonini muvofiqlashtirish sektori bo'yicha:

  • akademik guruhlarni shakllantirish;
  • talabalarga qayta oʻqishni tashkil qilish (fan guruhlari, dars jadvali va nazorat jadvallarini yaratish, arizalarni koʻrib chiqish);
  • talabalarni tegishli fanlarga biriktirish;
  • talabalarni tizimga kiritish va tegishli guruhlarga biriktirish;
  • tyutorga tegishli guruhlarni biriktirish;
  • oʻquv rejada mavjud fanlarni semestrlarga biriktirish;
  • qabul qilingan talabalarni elektron tizimda roʻyxatga olish va fanlarga biriktirish;
  • talabalar harakati (talabalar safidan chetlashtirish, kursda qoldirish, oʻqishini koʻchirish, akademik taʼtilga chiqarish va qaytarish, oʻqishini tiklash)ni muvofiqlashtirish va rasmiylashtirish;
  • talabalarni kursdan kursga oʻtkazish;
  • talabalarning o'zlashtirish ko'rsatkichini umumlashtirish va tahlil qilish;
  • talabalarning maʼlumot bazalarini shakllantirish va yangilab borish;
  • oʻqishni bitirgan talabalarni tegishli tartibda rasmiylashtirish;
  • "HEMIS" tizimi orqali talabalar davomatini nazorat qilish, kunlik davomat hisobotini olish va fanlar boʻyicha davomatni monitoring qilish;
  • dars jadvallarini hamda joriy, oraliq va yakuniy nazorat grafiklarini "HEMIS" axborot tizimida shakllantirish.

Talabalar hujjatlarini yuritish va saqlash sektori bo'yicha:

  • oliy taʼlim tashkilotini tugatgan talabalar hujjatlarini toʻplab yigʻma jildga tikish, roʻyxatga olish va arxivga qadar saqlash;
  • familiyasi oʻzgargan, akademik taʼtilga chiqqan, yoʻnalishni va fakultetni oʻzgartirgan, kursda qoldirilgan, talabalar safidan chiqarilgan talabalarning buyruqlaridan koʻchirmalarni talabalar bazasiga joylashtirish;
  • oʻqishni boshqa oliy taʼlim tashkilotiga koʻchirish munosabati bilan talabalar safidan chetlatilgan talabalarni hamma kerakli hujjatlarini talabaga yetkazish;
  • qatʼiy hisobdagi hujjatlar shakllarini (diplom, diplomga ilova, akademik sertifikatlar va boshqalar) taqdim etish;
  • qatʼiy hisobdagi blankalarini (diplom blankalari, akademik guvohnomalar, diplom ilovasi va boshqalar) qabul qilish, saqlash va berishni tashkil etish;
  • akademik qarzdor talabalarni aniqlash;
  • bitiruvchilarga berilgan diplomlarning haqiqiyligini tasdiqlash maqsadida doimiy ravishda https://OTT.mehnat.uz va http://d-arxiv.edu.uz platformalari orqali tashkilot va muassasalar bilan yozishmalarni amalga oshirish, yoʻqotilgan diplom va ilovalar oʻrniga dublikat berish toʻgʻrisidagi murojaatlarga javob qaytarish.

Functions of the Service Department (Front Office)

Student Service Sector

  • providing information about class schedules;

  • assisting students in submitting applications for course retakes;

  • informing students about current, midterm, and final assessments;

  • preparing call letters for part-time and distance learning students;

  • issuing academic transcripts and certificates;

  • providing examination lists;

  • assisting with applications for transfer and reinstatement;

  • assisting in submitting online applications for second higher education;

  • assisting in submitting online applications for master's (clinical residency) programs;

  • issuing student ID cards and residence certificates;

  • providing information about students' GPA;

  • restoring passwords in the HEMIS information system;

  • assisting students with medical insurance;

  • providing consultation on admission and transfer issues;

  • providing information about university services and resources;

  • preparing documents for temporary registration in student dormitories.