2026-yil 16-18-sentabr kunlari Rossiyaning Ufa shahrida Ufa fan va texnologiyalar universiteti tomonidan "Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellekt: MDHga a'zo davlatlarda fan va ta'limning zamonaviy tendensiyalari" mavzusida xalqaro forum bo'lib o'tdi.
Forumda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti real iqtisodiyot kafedrasi professori, iqtisodiyot fanlari doktori Shadiyeva Gulnora Mardievna ishtirok etdi.
Professor G.M.Shadiyeva "Hududiy ijtimoiy rivojlanishni boshqarishda sun'iy intellektni qo'llash bo'yicha O'zbekiston tajribasi va uning MDH mamlakatlari uchun ahamiyati" mavzusida ma'ruza qildi.
Tadbir davomida sun'iy intellekt va raqamli texnologiyalarni ta'lim, ilm-fan hamda hududiy rivojlanishda qo'llash, shuningdek, xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Forum doirasida Ufa fan va texnologiyalar universiteti bilan qo'shma ilmiy tadqiqotlar, grant loyihalari, ilmiy nashrlar va akademik almashinuv yo'nalishlarida hamkorlik istiqbollari belgilandi.
2026 – The Year of Developing Mahalla and Elevating Society
Oʼzbekcha
English
русский