Talabalar turar joyida "Bo‘lar ekan-ku yoxud kechaning bugundan farqi nimada?" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi



Samarqand iqtisodiyot va servis instituti kechki ta’lim fakulteti tyutori Sh.Bozorova tashabbusi bilan talabalar turar joyida mazkur mavzuda davra suhbati tashkil etildi. Tadbir davomida talabalar bilan turli hayotiy misollar, bugungi kundagi yoshlarning intilishlari va kelajak uchun qo‘yilgan maqsadlarning ahamiyati yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, kechaning bugundan farqi, vaqtning qadriga yetish hamda to‘g‘ri yo‘nalish tanlash masalalari muhokama qilindi.
Bunday davra suhbatlari yoshlarning dunyoqarashini kengaytirib, ularda mas’uliyat, intizom va to‘g‘ri hayotiy qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi.