SamISI Samarkand Institute of Economics and Service

Samarqand iqtisodiyot va servis institutida talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, mantiqiy fikrlash va jamoaviylikni rivojlantirish maqsadida "Zakovat" intellektual o‘yini bo‘yicha “Dekan kubogi – 2025” musobaqasi o‘tkazilib kelinmoqda.

Mazkur musobaqa doirasida bank-moliya xizmatlari fakultetida “Dekan kubogi”ning final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda jamoalari o‘zaro bilim va tafakkurlarini sinovdan o‘tkazib, qizg‘in bahs-munozaralarda faol ishtirok etdilar.

Yakuniy natijalar:
🥇1-o‘rin — “Mind Master” jamoasi; 
🥈2-o‘rin — “Aristokratlar” jamoasi; 
🥉3-o‘rin — “Shedevr” jamoasi. 

G‘oliblar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.