SamISI Samarkand Institute of Economics and Service

Samarqand iqtisodiyot va servis institut psixologi D.To‘xtamisheva institutning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchilari bilan hamkorlikda “Ma’suliyatli ota-onalik” loyihasi doirasida “Onalik va iqtisodiy mustaqillik” mavzusida davra suhbati tashkil etdi. 

Shuningdek, tadbir davomida bola tarbiyasida oilaviy muhitning ahamiyati, ota-onalarning psixologik savodxonligini oshirish yo‘llari haqida atroflicha fikr yuritildi. Tadbir yakunida talabalar ishtirokida “Yurakdagi tilaklarim” nomli psixologik aksiya o‘tkazildi.