Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabalari uchun “Behbudiy” spektakli namoyish etildi
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabalari uchun Samarqand viloyati musiqali drama teatrida milliy teatr san'atining tarbiyaviy va ma'rifiy ahamiyatini yanada yuksaltirish maqsadida "Behbudiy" spektakli namoyish etildi.
Spektakl davomida namoyish etilgan ta'sirchan sahnalar talabalar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Talabalar aktyorlarning mahoratli ijrosini e'tibor bilan kuzatib, spektakl yakunida ijodkorlarni samimiy olqishlar bilan qo'llab-quvvatladilar.
Oʼzbekcha
English
русский