SamISI Samarkand Institute of Economics and Service

Bank-moliya xizmatlari fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi M.Nasriddinova tashabbusi bilan talaba-qizlarning liderlik salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan “Lider qizlar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda institut xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi A. Karimova soʻzga chiqib, zamonaviy lider qizning fazilatlari, uning muloqot madaniyati, jamoa bilan ishlash qobiliyati, shuningdek, iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularning qiziqishlarini to‘g‘ri yo‘naltirish masalalari haqida fikr bildirdi.

Shuningdek, fakultetning faol va iqtidorli lider qizlari o‘z yutuqlari hamda liderlik tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi.