Muloqot davomida talabalarga institutdagi ta'lim va yoshlar muhiti, talabalarning huquq va imkoniyatlari, yoshlar ittifoqi faoliyati, turli loyihalar va tashabbuslarda ishtirok etish imkoniyatlari haqida ma'lumotlar berildi.
Shuningdek, talabalik davrida vaqtni to'g'ri taqsimlash, bilim bilan bir qatorda jamoat ishlarida faol bo'lish, o'z qiziqishlari va iste'dodlarini rivojlantirish hamda yangi imkoniyatlardan foydalanish yuzasidan fikr va tavsiyalar bildirildi.
Institut yoshlar yetakchisi, rektorning yoshlar siyosati bo'yicha maslahatchisi Bekzod Burxonov talabalarni yangi o'quv yili bilan tabriklab, ularga talabalik davrini mazmunli o'tkazish va kelajak uchun mustahkam poydevor yaratish bo'yicha o'z tavsiyalarini berdi.
2026 – The Year of Developing Mahalla and Elevating Society
Oʼzbekcha
English
русский