uz en ru
Back to News
768 1 min read

Talabalar uchun Tambov davlat universiteti dotsenti tomonidan dars jarayonlari tashkil etildi

Talabalar uchun Tambov davlat universiteti dotsenti tomonidan dars jarayonlari tashkil etildi

Joriy yilning 22-aprel kuni Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga G.R.Derjavin nomidagi Tambov davlat universiteti dotsenti Pavlova Valentina Viktorovna tashrif buyurdi. Mehmonni o'zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri D.Yuldasheva kutib olib, talabalar ishtirokida uchrashuv tashkil qildi.

Mazkur tashrif akademik mobillikni rivojlantirish, o'qituvchilar va talabalar o'rtasida tajriba almashish, shuningdek, o'zaro ilmiy-ijodiy hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishga xizmat qildi.