Самаркандский институт экономики и сервиса
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti tillarni o‘qitish kafedrasi professor-o‘qituvchilari O‘.Bolbekova hamda N.O‘rozovalar tomonidan institut akademik litseyi o‘quvchilari uchun ingliz tili fanidan “How to Improve Oral Speech via Shadowing Technique” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.
Mahorat darsi davomida o‘quvchilarga ingliz tilida og‘zaki nutqqa oid speaking va listening ko‘nikmalarini innovatsion ta’lim texnologiyasi — shadowing usuli asosida rivojlantirish yo‘llari tushuntirildi. Dars jarayoni speaking va listening ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan mashq va vazifalar asosida tashkil etildi.
Dars davomida o‘quvchilarga ingliz tilida og‘zaki nutq kompetensiyasini rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Tadbir ishtirokchilarning ingliz tilida erkin muloqot qilish ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishga xizmat qildi.
2026 год – Год развития махалли и возвышения общества
Oʼzbekcha
English
русский