Samarqand iqtisodiyot va servis instituti vakili xalqaro malaka oshirish dasturida ishtirok etmoqda

2026-08-13 57
Share: Telegram Telegram Facebook Facebook
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti vakili xalqaro malaka oshirish dasturida ishtirok etmoqda

Joriy yilning 25-iyul – 3-avgust kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Chjenchjou universiteti Chet tillari va xalqaro munosabatlar instituti hamda Qozog‘iston Respublikasining Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston milliy universiteti Malaka oshirish va qo‘shimcha ta’lim instituti hamkorligida Chjenchjou universiteti kampusida “Ipak yo‘li” ilmiy va pedagogik malaka oshirish xalqaro yozgi maktabi tashkil etilmoqda.

 

Mazkur xalqaro malaka oshirish dasturida Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti, falsafa doktori (PhD) Haqqulov Nabijon Qahramonovich bevosita ishtirok etmoqda.

 

Dastur doirasida ishtirokchilar zamonaviy ta’lim metodlari, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, xalqaro akademik hamkorlikni kengaytirish hamda “Ipak yo‘li” mintaqasida ta’lim va fan sohasidagi istiqbolli yo‘nalishlar yuzasidan tajriba almashmoqda.

 

Mazkur xalqaro dastur professor-o‘qituvchilarning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish, xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash hamda ta’lim sifatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.