Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi faoliyati bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda

2026-09-15 35
Share: Telegram Telegram Facebook Facebook
Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi faoliyati bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda

Xabaringiz bor, joriy o'quv yilidan boshlab Samarqand iqtisodiyot va servis institutida Harbiy tayyorgarlik o'quv markazi faoliyati yo'lga qo'yildi. Markazga bakalavriat ta'lim yo'nalishlarining 2-bosqichini tamomlagan talabalar qabul qilinmoqda.

Markaz faoliyati, qabul jarayoni va talabalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni keng targ'ib qilish maqsadida mas'ul xodimlar tomonidan fakultetlarda davra suhbatlari va uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Navbatdagi uchrashuv iqtisodiyot fakulteti talabalari ishtirokida o'tkazildi. Unda talabalarga Harbiy tayyorgarlik o'quv markazining faoliyat yo'nalishlari, o'quv jarayoni, qabul shartlari hamda markazda yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma'lumot berildi.

Uchrashuv davomida talabalarni qiziqtirgan savollarga javoblar berilib, markazda harbiy tayyorgarlik olishning imkoniyatlari va ahamiyati yuzasidan tushuntirishlar olib borildi.