“Yoshlar kelajagi – giyohvandliksiz va xavfsiz hayot sari” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi
Samarqand iqtisodiyot va servis institutida talaba-yoshlarning giyohvandlik vositalarining salbiy oqibatlari haqida xabardorligini oshirish, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish hamda turli zararli illatlarning oldini olish maqsadida "Yoshlar kelajagi - giyohvandliksiz va xavfsiz hayot sari" mavzusida profilaktik uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori A.Berdimurodov, Samarqand viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari, podpolkovnik U.G'ulamov, Samarqand viloyati narkologiya dispanseri shifokori G.Jalilova hamda yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i Z.Usmonovlar ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida talabalarga giyohvandlik vositalarining inson salomatligi va hayotiga salbiy ta'siri, ularning huquqiy oqibatlari, giyohvandlikning oldini olish va sog'lom hayot tarziga rioya qilish masalalari yuzasidan tegishli tushuncha va tavsiyalar berildi.
Shuningdek, tadbir davomida talaba-yoshlarga giyohvandlikning salbiy oqibatlari va uning oldini olishga qaratilgan flayerlar tarqatildi.
Mazkur uchrashuv talaba-yoshlarning giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqida bilim va tushunchalarini oshirish, huquqiy va ijtimoiy mas'uliyatini kuchaytirish hamda sog'lom turmush tarziga amal qilish ko'nikmalarini shakllantirishga xizmat qildi.
Oʼzbekcha
English
русский