Menejment va marketing fakulteti talabalari ishtirokida kutubxonaga ekskursiya tashkil etildi

2026-09-16 11
Share: Telegram Telegram Facebook Facebook
Menejment va marketing fakulteti talabalari ishtirokida kutubxonaga ekskursiya tashkil etildi

Menejment va marketing fakulteti tyutorlari tashabbusi bilan talabalarning kitob mutolaasiga bo'lgan qiziqishini yanada oshirish, bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida A.S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markaziga ekskursiya tashkil etildi.

Tashrif davomida talabalar kutubxonada yaratilgan zamonaviy sharoitlar, boy kitob fondi, mavjud axborot-resurslari, amalga oshirilayotgan loyihalar hamda elektron ma'lumotlar bazalari bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, mutaxassislar tomonidan talabalarga kerakli adabiyotlarni izlash, elektron resurslardan samarali foydalanish va mustaqil ta'lim jarayonida kutubxona imkoniyatlaridan unumli foydalanish bo'yicha ma'lumot va tavsiyalar berildi.
Mazkur tashrif talabalarning kitobxonlikka bo'lgan qiziqishini oshirish, mustaqil izlanish ko'nikmalarini rivojlantirish hamda ularning ilmiy-ma'naviy dunyoqarashini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etdi.