SamISI Samarkand Institute of Economics and Service

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti psixologi D.To‘xtamisheva tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mahalla yettiligi”, yoshlar siyosati va ma’naviyat masalalari departamentining 2025-yil 23-iyuldagi 30/1-2473-sonli xati ijrosi doirasida amaliy tadbir tashkil etildi.

Tadbir Samarqand shahri Xo‘ja Yusuf mahallasida bo‘lib o‘tdi hamda yoshlarni yot g‘oyalardan himoyalash, ularning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratildi. Yoshlar bilan “Men jamiyat uchun nima qila olaman?” va “Bir qadam oldinga” mavzularida psixologik treninglar o‘tkazildi.

Treninglar yoshlarning o‘zini anglashiga, sog‘lom fikrlashini shakllantirishga va jamiyatda faol, mas’uliyatli shaxs bo‘lib kamol topishiga xizmat qildi.