SamISI Samarkand Institute of Economics and Service

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabalar turar joyida buxgalteriya hisobi va menejment fakulteti tyutorlari tashabbusi bilan talaba-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning qalbida Vatanga muhabbat va yurt ravnaqi uchun mas’uliyat hissini kuchaytirish, shuningdek, tarixiy-ma’naviy merosimizni chuqur anglashga xizmat qiluvchi "Temuriylar davri tarixi" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida Temuriylar davri — Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi buyuk ajdodlarimizning hayoti, ilm-fan taraqqiyoti va davlat boshqaruvidagi xizmatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.