Uchrashuvda institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori Pardayev Olim Mamayunusovich hamda menejment va marketing fakulteti dekani Abduraimov Dilshod Muratkulovichlar ishtirok etdi.
Ochiq va samimiy muloqot tarzida o'tgan uchrashuvda talabalarning fikr va takliflari tinglandi. Shuningdek, institutda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, bo'sh vaqtni mazmunli tashkil etishga xizmat qilayotgan klub va to'garaklar faoliyati haqida ma'lumot berildi.
Suhbat davomida talabalarga institutning ichki tartib-qoidalari va odob-axloq me'yorlariga rioya qilish, ta'lim jarayonida faol va tashabbuskor bo'lish zarurligi ta'kidlandi.
2026 – The Year of Developing Mahalla and Elevating Society
Oʼzbekcha
English
русский