SamISI Samarkand Institute of Economics and Service

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti servis fakultetida talaba-yoshlar ishtirokida buyuk shoir, tarjimon va ma’rifatparvar Komil Xorazmiy ijodiga bag‘ishlangan “Komil Xorazmiy – ma’rifat va adab timsoli” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida shoirning boy ijodiy merosi, ma’naviy qarashlari hamda o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, talabalar tomonidan Komil Xorazmiyning g‘azallari o‘qildi.