SamISI Samarkand Institute of Economics and Service

21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan servis fakultetida "Davlat tili bayrami — milliy faxr va g‘urur timsoli" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirda ona tilimizga hurmat va e’tiborni yuksaltirish, uning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyatini chuqur anglash, shuningdek, yoshlarda ona tiliga bo‘lgan muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlash haqida soʻz yuritildi.