SamISI Samarkand Institute of Economics and Service

“Zamonaviy psixolog: muammo va yechimlar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida mamlakatning yetakchi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, psixolog olimlar va amaliyotchi mutaxassislar ishtirok etdi.

Anjumanda yoshlar ruhiyati, raqamli makonning psixologik ta’siri, oilaviy tarbiya muhiti, o‘smirlar xulqi hamda psixoprofilaktikaning zamonaviy yondashuvlari kabi muhim yo‘nalishlarda fikr almashildi. Ta’lim muassasalarida psixologik xizmatlarni takomillashtirish bo‘yicha qator taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Ushbu anjumanda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti psixologi D.To‘xtamisheva institut vakili sifatida ishtirok etib, mazkur yo‘nalishlarda olib borilayotgan ilmiy-amaliy ishlanmalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.