uz en ru
Back to News
1 100 1 min read #talabalar

Iqtisodiyot va servis fakultetlari talabalari ishtirokida milliy qadriyatlarni targ‘ib etuvchi “Xon atlas” festivali bo‘lib o‘tdi

Iqtisodiyot va servis fakultetlari talabalari ishtirokida milliy qadriyatlarni targ‘ib etuvchi “Xon atlas” festivali bo‘lib o...

Har yili mamlakatimizda xotin-qizlar ishtirokida o'tkaziladigan "Xon atlas" festivali milliy qadriyatlarimizni keng targ'ib etish an'anasiga aylanib bormoqda. Adras va atlas matolaridan tikilgan liboslar latofatli xotin-qizlarimizning maftunkor qiyofasini yanada chiroyli ko'rsatib, milliy va ma'naviy merosimizni yodga soladi.

Shu maqsadda iqtisodiyot va servis fakultetlari xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchilari G.Xamidova va M.Dustovalar tashabbusi bilan joriy yilning 17-sentabr kuni "Xon atlas" festivali tashkil etildi. Tadbir davomida milliy liboslar namoyish etildi.