Iqtisodiyot va servis fakultetlari talabalari ishtirokida milliy qadriyatlarni targ‘ib etuvchi “Xon atlas” festivali bo‘lib o‘tdi



Har yili mamlakatimizda xotin-qizlar ishtirokida o‘tkaziladigan “Xon atlas” festivali milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etish an’anasiga aylanib bormoqda. Adras va atlas matolaridan tikilgan liboslar latofatli xotin-qizlarimizning maftunkor qiyofasini yanada chiroyli ko‘rsatib, milliy va ma’naviy merosimizni yodga soladi.
Shu maqsadda iqtisodiyot va servis fakultetlari xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchilari G.Xamidova va M.Dustovalar tashabbusi bilan joriy yilning 17-sentabr kuni “Xon atlas” festivali tashkil etildi. Tadbir davomida milliy liboslar namoyish etildi.
