Eco Innovation 2025: Yashil g‘oyalar tanlovini tashkil etadi



Atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va barqaror kelajakni shakllantirish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biridir. Shu maqsadda Samarqand iqtisodiyot va servis institutida “Eco Innovation 2025” tanlovi tashkil etildi.
Tanlovning asosiy maqsadi yoshlarning ekologik muammolarga ijodiy yondashuvlarini rag‘batlantirish, innovatsion g‘oyalarni ilgari surish va ularni hayotga tadbiq etishdan iboratdir.
Tanlovda munosib ishtirok etgan yoshlar esdalik sovg‘alari va diplomlar bilan taqdirlandi.