SamISI Samarkand Institute of Economics and Service

Samarqand davlat iqtisodiyot va servis institutida “Butunjahon tozalik kuni” (“World Cleanup Day”) munosabati bilan “Plogging” aksiyasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talaba-yoshlar faol ishtirok etishdi.

Aksiya davomida ishtirokchilar chiqindilarni piyoda sayr qilish davomida saralab yig‘ishdi hamda atrof-muhitni toza saqlash va ekologik madaniyatni oshirishga o‘z hissalarini qo‘shishdi.