"Oq kema" asari talabalar nigohida
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bank-moliya xizmatlari fakulteti tyutorlari tomonidan I bosqich talabalari uchun “Kitobxon talaba” loyihasi doirasida yozuvchi Chingiz Aytmatovning “Oq kema” asari yuzasidan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida asarning asosiy g‘oyasi, undagi ijtimoiy va axloqiy masalalar muhokama qilindi. Talabalar o‘z fikr va mulohazalari bilan o‘rtoqlashib, asardan olgan taassurotlari bilan bo‘lishdilar.
Oʼzbekcha
English
русский