Servis fakultetida “Birinchi kurs maktabi” haftaligi doirasida birinchi bosqich talabalari bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi

2026-09-10 8
Share: Telegram Telegram Facebook Facebook
Servis fakultetida “Birinchi kurs maktabi” haftaligi doirasida birinchi bosqich talabalari bilan navbatdagi uchrashuv tashkil...

Uchrashuvda institut o'quv ishlari bo'yicha prorektori Sharipov To'lqin Saidahmedovich hamda fakultet mas'ullari ishtirok etdi.

Ochiq va samimiy muloqot tarzida o'tgan uchrashuvda talabalarning fikr va takliflari tinglandi. Shuningdek, institutda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, bo'sh vaqtni mazmunli tashkil etishga xizmat qilayotgan klub va to'garaklar faoliyati haqida ma'lumot berildi.

Suhbat davomida talabalarga institutning ichki tartib-qoidalari va odob-axloq me'yorlariga rioya qilish, ta'lim jarayonida faol va tashabbuskor bo'lish zarurligi ta'kidlandi. Shuningdek, qatag'on qurboni bo'lgan yurtdoshlarimizning hayoti va faoliyatini o'rganish, ularning boy ilmiy va ma'naviy merosini yosh avlodga yetkazish hamda xotirasini abadiylashtirish masalalariga ham alohida e'tibor qaratildi.