Servis fakulteti talabalari bilan “Ma’rifat darsi” o‘tkazildi
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti servis fakulteti birinchi bosqich talabalari uchun “Ma’rifat darsi” mashg‘uloti tashkil etildi.
Unda ta’lim va ma’rifatning inson hayotidagi o‘rni, bilim olishning ahamiyati hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari haqida ma’lumotlar berildi.
Talabalarga o‘z fikr-mulohaza va takliflarini erkin bayon etish imkoniyati yaratildi. Ular dars jarayonida faol ishtirok etib, dolzarb mavzular yuzasidan qiziqarli mulohazalar bildirishdi.
Oʼzbekcha
English
русский