SamISI Samarkand Institute of Economics and Service

Tanlovda 5 nafar talabadan iborat fakultet jamoalari quyidagi shartlar bo‘yicha o‘zaro bellashishdi:
1. “O‘zini tanishtirish” – ishtirokchi o‘z faoliyati, yutuqlari, maqsadlari va hayotiy shiorini taqdim etish;
2. “Fidoiy yurtimning fidoiy insonlari” mavzusida insho yozish;
3. “Ma’naviyat fidoyisi” mavzusida sahnaviy chiqish (ma’naviyat, milliy qadriyatlar, raqs, qo‘shiq, she’r yoki g‘azal ko‘rinishida);
4. “Talaba hayotidan lavha” – ijtimoiy faoliyat yoki o‘z loyihasini sahna ko‘rinishi, video lavha yoki taqdimot shaklida namoyish etish;
5. “Zakovat” – ma’naviyat, tarix, adabiyot va dolzarb ijtimoiy mavzular bo‘yicha tezkor savol-javob.

Tanlov g‘oliblari insholar tanlovi sharti natijalari e'lon qilinganidan so‘ng aniqlanadi.