Samarqand iqtisodiyot va servis institutida respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi
Joriy yilning 12-oktabr kuni Samarqand iqtisodiyot va servis instituti oliy matematika hamda axborot texnologiyalari kafedralari tashabbusi bilan "Yashil iqtisodiyot va atrof-muhitni asrashda matematik modellashtirish va raqamlashtirishning zamonaviy yondashuvlari" mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi.
Tadbirda mahalliy va xorijiy oliy ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilari, soha olimlari, amaliyotchi auditorlar, professional tashkilotlar vakillari, doktorantlar hamda yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi. Jumladan, institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori Olim Pardayev, professor-o'qituvchilar hamda soha mutaxassislari dolzarb mavzulardagi ma'ruzalari bilan qatnashdilar.
Anjumanda quyidagi asosiy yo'nalishlar muhokama qilindi:
Atrof-muhit monitoringining matematik usullari;
Ekologik tizimlarni dinamik modellashtirish;
Optimallashtirish usullari orqali atrof-muhitni muhofaza qilish;
Sun'iy intellekt va ma'lumotlar tahlili yordamida ekologik muammolarni hal etish;
Atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan dasturiy yechimlar.
Anjuman doirasida ishtirokchilar o'zaro fikr almashib, ekologik jarayonlarni matematik modellashtirish va raqamlashtirishni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar. Tadbir yakunida ushbu yo'nalishlarni takomillashtirishga qaratilgan amaliy takliflar va ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqildi.
Oʼzbekcha
English
русский