uz en ru
Back to News
24 1 min read

Samarqand iqtisodiyot va servis institutida ACCA vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Samarqand iqtisodiyot va servis institutida ACCA vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

5-oktabr kuni Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga xalqaro professional buxgalterlar tashkiloti - ACCA (Association of Chartered Certified Accountants) vakillari Janna Iskenova va Juldyz Jarmuhammad, shuningdek, Malayziyadagi ta'lim markazi vakillari tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida institut rahbariyati va mehmonlar ishtirokida uchrashuv tashkil etilib, ACCA bilan mavjud hamkorlikni yanada rivojlantirish, buxgalteriya hisobi yo'nalishidagi ta'lim dasturlarini xalqaro professional standartlar asosida takomillashtirish hamda talabalar uchun xalqaro ta'lim imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Tadbirda ACCA Platinum maqomiga erishish, talabalarni ta'lim jarayonida saqlab qolish hamda imtihonlarda yuqori natijalarga erishish metodikalari haqida fikr almashiladi.

Mazkur uchrashuv xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, talabalar va professor-o'qituvchilar uchun zamonaviy professional ta'lim imkoniyatlarini kengaytirish hamda buxgalteriya hisobi sohasida xalqaro standartlarga mos kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.