O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi tashabbusi bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

2026-03-02 16
Share: Telegram Telegram Facebook Facebook
O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi tashabbusi bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi tashabbusi bilan talaba-yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, kitobxonlik madaniyatini targ‘ib etish hamda milliy adabiyotimizga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida talabalar tomonidan shoir Erkin Vohidovning sara she’rlari ifodali o‘qildi, adabiy kompozitsiyalar namoyish etildi. Shuningdek, shoir ijodiga bag‘ishlangan savol-javoblar, mushoira va ijodiy chiqishlar tashkil etilib, ishtirokchilarning adabiy bilimlari yanada mustahkamlandi.

Tadbir doirasida zamonaviy o‘zbek adabiyotining vakili Bahodir Jalolovning hayoti va ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan davra suhbati hamda mahorat darslari ham o‘tkazildi. Unda adibning hayot yo‘li, ijodiy izlanishlari, asarlarida ilgari surilgan g‘oyalar va ularning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati xususida fikr-mulohazalar bildirildi.

Mazkur tadbir yoshlarning badiiy tafakkurini rivojlantirish, milliy adabiyotimizga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash va ularni kitob mutolaasiga keng jalb etishda muhim ahamiyat kasb etdi.