uz en ru
Back to News
32 1 min read

Nomli davlat stipendiyalariga talabgor talabalar bilan davra suhbati o‘tkazildi

Nomli davlat stipendiyalariga talabgor talabalar bilan davra suhbati o‘tkazildi

2026/2027-o'quv yili uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomli davlat stipendiyalariga talabgor talabalar uchun bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan joriy yilning 10-oktabr kuni soat 08:00 da O'zbekiston tarixi, axborot texnologiyalari hamda xorijiy til fanlaridan test sinovlari o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan Samarqand iqtisodiyot va servis institutining iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi mas'ullari hamda stipendiya talabgorlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Suhbat davomida test sinovlariga tayyorgarlik ko'rish, imtihon jarayonlari va tashkiliy masalalar yuzasidan talabalarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berilib, test sinovlariga puxta tayyorgarlik ko'rish bo'yicha zarur tavsiya va ko'rsatmalar berildi.