uz en ru
Back to News
18 1 min read

Milliy qadriyatlarning millat ma’naviyatidagi o‘rniga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi

Milliy qadriyatlarning millat ma’naviyatidagi o‘rniga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi

Samarqand iqtisodiyot va servis institutida talaba-yoshlar o'rtasida milliy qadriyatlarga hurmatni kuchaytirish, ma'naviy dunyoqarashini yuksaltirish hamda milliy va diniy qadriyatlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida profilaktik uchrashuv tashkil etildi.

"Milliy qadriyatlar va ularning millat ma'naviyatidagi o'rni" mavzusiga bag'ishlangan tadbirda Din ishlari bo'yicha qo'mitaning Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig'i Soxibnazar Boymurodov hamda institut mas'ullari ishtirok etdi.

Muloqot davomida milliy qadriyatlarning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati, ularni asrab-avaylash va kelajak avlodga yetkazish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Talaba-yoshlarning mavzu yuzasidan bergan savollariga mutaxassislar tomonidan tegishli javoblar berildi.