“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyatini xodimlar hamda professor-o‘qituvchilarga yetkazish maqsadida targ‘ibot-tushuntirish tadbiri o‘tkazildi.

2026-06-17 17
Share: Telegram Telegram Facebook Facebook
 “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyatini xodimlar hamda professor-o‘qituvchilarga yetkazish maqsad...

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti servis kafedrasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyatini xodimlar hamda professor-o‘qituvchilarga yetkazish maqsadida targ‘ibot-tushuntirish tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida qonunda belgilangan komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarining vazifalari, huquqlari hamda faoliyatining xavfsizlik kafolatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishning zamonaviy mexanizmlari, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash tizimi, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha yangi tartiblar yuzasidan tushuntirishlar olib borildi.

Yig‘ilish ishtirokchilari korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga qat’iy amal qilish, shuningdek, xizmat faoliyatida halollik va mas’uliyatni yanada kuchaytirish masalalari bo‘yicha fikr almashdilar.

Tadbir yakunida korrupsiyaga oid holatlarga duch kelinganda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 1253 qisqa raqamli “Call-markazi” orqali murojaat qilish mumkinligi eslatib o‘tildi.