uz en ru
Back to News
22 1 min read #fakultet #SamISI #tadbir

Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi o‘quv kurslari davom etmoqda

Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi o‘quv kurslari davom etmoqda
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining kengaytirilgan yig'ilishida belgilangan topshiriqlar hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi topshiriqlari ijrosini ta'minlash maqsadida institutimizda talaba-yoshlar uchun maxsus o'quv darslari tashkil etilmoqda.

Navbatdagi amaliy va targ'ibot darslari Iqtisodiyot fakulteti talabalari ishtirokida bo'lib o'tdi.

Dars mashg'ulotlari davomida talabalarga Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi elektron platformasi (https://virtual.proacademy.uz) imkoniyatlari, maxsus bepul o'quv kurslarida ro'yxatdan o'tish va qatnashish tartibi atroflicha tushuntirildi.

Shuningdek, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosa xolis munosabatni shakllantirish, huquqiy savodxonlikni oshirish hamda halol mehnat tamoyillarini qaror toptirish masalalari yuzasidan o'zaro fikr almashindi.