uz en ru
Back to News
934 1 min read #talabalar

Kechki ta’lim talabalari uchun Yoshlar texnoparkiga ekskursiya uyushtirildi

Kechki ta’lim talabalari uchun Yoshlar texnoparkiga ekskursiya uyushtirildi

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti kechki ta'lim fakulteti tyutorlari tashabbusi bilan talabalar zamonaviy innovatsion g'oyalar markazi Yoshlar texnoparkiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida talabalar texnopark faoliyati, startap loyihalar va innovatsion ishlanmalar bilan tanishdilar. Ular yosh ixtirochilar tomonidan yaratilayotgan g'oyalar, ularning amaliyotga joriy etilish jarayonlari hamda texnopark tomonidan yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma'lumot oldilar.