SamISI Samarkand Institute of Economics and Service

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tashabbusi bilan “Eng yaxshi rasm” tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tanlovda talabalar korrupsiyaning salbiy oqibatlari, halollik, shaffoflik va adolat tamoyillarini o‘z ijodiy ishlari orqali yoritib berdilar. Bunday tashabbuslar yoshlarning ongida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, halollik va adolat qadriyatlarini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega.

Tanlov natijalari:
1-o‘rin Akramova Mohiniso, BI-525 guruh talabasi;
2-o‘rin Toshnazarova Fotima, MN-323 guruh talabasi;
3-o‘rin Sobirjonova Ruxshona, TBU-124 guruh talabasi:
3-o‘rin Abdujabborova E'zoza, TM-324.

Tanlov g'oliblari 9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kunida diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi.