Samarqand iqtisodiyot va servis institutida o'tkazilgan "Rus tili bo'yicha Derjavin nomidagi II xalqaro olimpiada" g'oliblari aniqlandi.
"O'zbek tili va adabiyoti" kafedrasi o'qituvchilari rahbarlik qilgan institutimiz talabalari olimpiadada quyidagicha natija qayd etishdi. Olimpiadaning B2 darajasi bo'yicha T.Chernova rahbarlik qilgan TT-120 guruh talabasi F.Xodjayeva 1-o'rin, K.Ivanova rahbarlik qilgan REK-122 guruh talabasi A.Fazilov 3-o'rinni qo'lga kiritishdi. B1 daraja bo'yicha ishtirok etgan D.Norboyeva rahbarligidagi A.Azgaraliyeva esa 3-oʻrinni egalladi. Shuningdek olimpiadaning maxsus "За верность традициям" nominatsiyasini D.Yuldasheva rahbarligidagi IK-222 guruh talabasi R.Filippov qo'lga kiritdi. G'oliblari esdalik sovg'alar hamda 1-o'rinni qo'lga kiritgan talabalar G.R.Derjavin nomidagi Tambov davlat universitetida amaliyot o'tash imkoniyatiga ega bo'ldi.
SamISI Matbuot xizmati
Oʼzbekcha
English
русский