uz en ru
Back to Advert
1 450 1 min read #tezkor

Qoʻshma ta’lim dasturlariga hujjat topshirib, birinchi bosqich imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan hamda ikkinchi bosqich imtihonlariga tavsiya etilgan abituriyentlar diqqatiga

Qoʻshma ta’lim dasturlariga hujjat topshirib, birinchi bosqich imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan hamda ikkinchi bosqich im...

❗️Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Qoʻshma ta'lim dasturlariga hujjat topshirib, birinchi bosqich imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan hamda ikkinchi bosqich imtihonlariga tavsiya etilgan abituriyentlar diqqatiga!

📂 2025/2026-o'quv yilida xorijiy oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda tashkil qilingan Qo'shma ta'lim dasturlariga kirish imtihonlarining 2-bosqichi  2025-yil 11-dekabr kuni soat 09:00 da Bilim va malakalarni baholash agentligi Samarqand viloyati bo'limining yangi binosida (https://yandex.uz/maps/-/CHgLmO0q) bo'lib o'tadi.

Abituriyentlar o'zlarining shaxsni tasdiqlovchi hujjatlari (pasport yoki ID karta) bilan kechikmasdan kelishlari talab qilinadi.

Hamkor OTM👇
G.R. Derjavin nomidagi Tambov davlat universiteti (Rossiya Federasiyasi)

Taʼlim yoʻnalishlari 👇
🔹 Buxgalteriya hisobi
🔹 Turizm va mehmondoʻstlik

Qo'shma ta'lim dasturlarining 2-bosqich imtihonlariga tavsiya etilgan abituriyentlar ro'yxati.


Joy nomi: Bilim va malakalarni baholash agentligi Samarqand viloyati bo'limining yangi binosi.
Manzil: "Pastdarg'om tumani Kamolot mahallasi Irteshar GES ko'chasi 5a-uy. 
Mo'ljal: Samarqand shahar (super) kimyogarlar shaharchasi yonida joylashgan. Sobiq «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseyi binosidan 300 metr o'tib. 
Geolokatsiya: https://yandex.uz/maps/-/CHgLmO0q.
Vaqti: 2025-yil 11-dekabr soat 09:00da.