uz en ru
Back to Advert
1 351 1 min read

“Mahallani chiqindidan xoli hududga aylantiramiz” shiori ostida “Eko klub” tashkil etilmoqda

“Mahallani chiqindidan xoli hududga aylantiramiz” shiori ostida “Eko klub” tashkil etilmoqda

Samarqand iqtisodiyot va servis institutida ekologik muhitni sogʻlomlashtirish, atrof-muhitga e'tiborni kuchaytirish maqsadida "Mahallani chiqindidan xoli hududga aylantiramiz" shiori ostida turli aksiyalar, tashviqot tadbirlari tashkil etilmoqda.

Mazkur tashabbus doirasida institutda "Eko klub" faoliyati yo'lga qo'yilmoqda. Klubga ixtiyoriy ravishda professor-o'qituvchilar, institut xodimlari hamda talaba yoshlar a'zo bo'lishi mumkin.

Klub ekologik ongni shakllantirish, chiqindilarni kamaytirish va yashil hayot tarzini targ'ib qilishga qaratilgan loyihalarni amalga oshiradi.