uz en ru
Back to Monitoring of work with students

SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI TALABALAR BILAN ISHLASH TIZIMNI TAKOMILLASHTIRISH BO‘YICHA REGISTRATOR OFISI TOMONIDAN O‘TKAZILGAN MONITORING MA’LUMOTNOMASI

SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI TALABALAR BILAN ISHLASH TIZIMNI TAKOMILLASHTIRISH BO‘YICHA REGISTRATOR OFISI TOMONI...
Samarqand iqtisodiyot va servis institutida talabalar uchun ta'lim jarayonini samarali tashkil etish, ularning o'quv faoliyati bilan bog'liq masalalarni o'z vaqtida hal etish, zarur axborot va maslahatlar bilan ta'minlash maqsadida tizimli ishlar amalga oshirildi.
2025-2026 o'quv yilida Registrator ofisi tomonidan talabalarga ko'rsatilayotgan xizmatlarining mavjud holatini o'rganish, xizmatlardan foydalanish darajasini aniqlash, ularning samaradorligini baholash hamda mavjud tizimni takomillashtirishga qaratilgan monitoring ishlari olib borildi.
Monitoring davomida Registrator ofisi tomonidan talabalarga ta'lim jarayonini tashkil etish va o'quv faoliyati bilan bog'liq masalalar bo'yicha maslahat va tushuntirishlar berib borilgani o'rganildi.
Jumladan, talabalarga fanlarni o'zlashtirish, akademik qarzdorlik, qayta o'qish va qayta topshirish jarayonlari, nazoratlar, ta'lim jarayoniga oid hujjatlarni rasmiylashtirish, akademik ma'lumotlarni olish, o'qishni ko'chirish va qayta tiklash hamda boshqa o'quv jarayoniga oid masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.
Ko'rsatilayotgan xizmatlarni talabalarning individual murojaatlaridan kelib chiqib amalga oshirildi. Murojaat mazmuniga qarab talabaga zarur ma'lumot berildi yoki masalani ko'rib chiqish vakolatiga ega bo'lgan tegishli tarkibiy bo'linma va mas'ul xodimga yo'naltirildi.
Monitoring jarayonida talabalarning Registrator ofisiga murojaat qilish holatlari va murojaatlarning mazmuni o'rganildi. Murojaatlarda asosan o'quv jarayonini tashkil etish, akademik qarzdorlik, fanlarni qayta o'zlashtirish, hujjatlarni rasmiylashtirish, ta'lim jarayonidagi tartib-taomillar hamda talabalar uchun belgilangan xizmatlardan foydalanish masalalari ko'tarilgan.
Talabalarning murojaatlarini ko'rib chiqishda ularning masalasini to'g'ri aniqlash, zarur ma'lumotni o'z vaqtida taqdim etish va murojaatni tegishli tartibda yakunlashga e'tibor qaratildi.
Talabalarga ko'rsatilayotgan xizmatlarining samaradorligi talabalarning murojaatlarini ko'rib chiqish sifati, berilgan tushuntirishlarning aniqligi, murojaatlarni tegishli mas'ullarga yo'naltirish samaradorligi hamda murojaat natijasida talabaning zarur ma'lumotga ega bo'lishi asosida baholandi.
Monitoring davomida talabalar tomonidan takroran murojaat qilinayotgan masalalarga alohida e'tibor qaratildi. Takroriy murojaatlarning oldini olish maqsadida talabalar uchun ta'lim jarayoniga oid tartib va talablarni yanada tushunarli shaklda yetkazish zarurligi belgilandi.
Talabalar murojaatiga asosan maslahat berish jarayonida talabaning individual holatini inobatga olish, unga faqat umumiy ma'lumot berish bilan cheklanmasdan, masalani hal etishning amaliy tartibini tushuntirishga ustuvor ahamiyat berildi.
Monitoring doirasida talabalarga ko'rsatilayotgan xizmatlaridan foydalanish jarayonidagi fikr-mulohazalari va murojaatlarining hal etilish holatiga e'tibor qaratildi. Talabalar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar maslahat xizmatlari sifatini baholash hamda mavjud kamchiliklarni aniqlash uchun muhim ma'lumot sifatida ko'rib chiqildi.
Talabalar qoniqishini yanada aniq va tizimli baholash maqsadida kelgusida maslahat xizmatlaridan foydalangan talabalar fikrini muntazam o'rganish, natijalarni tahlil qilish va aniqlangan muammolar bo'yicha tegishli choralarni belgilash maqsadga muvofiq deb belgilandi.
O'tkazilgan monitoring natijasida talabalarga maslahatlar berish xizmatlari amalda tashkil etilgani va talabalar murojaatlari bo'yicha tegishli tushuntirish hamda yo'naltirish ishlari olib borilgani aniqlandi.
Shu bilan birga, talabalarning murojaatlariga maslahatlar berish xizmatlari samaradorligini yanada oshirish uchun murojaatlarni yagona tizim asosida qayd etish, murojaatlar mazmunini muntazam tahlil qilish, eng ko'p uchraydigan savollar bo'yicha tushuntirish materiallarini ishlab chiqish va talabalar qoniqishini muntazam o'rganib borish zarurligi qayd etildi.
Monitoring natijalari asosida quyidagi yo'nalishlarda ishlarni davom ettirish belgilandi:
- talabalarga ta'lim jarayoniga oid axborotlarni o'z vaqtida va tushunarli shaklda yetkazish;
- murojaatlarni tezkor qabul qilish va ko'rib chiqish;
- talabalarni masalasi bo'yicha vakolatli tarkibiy bo'linmaga to'g'ri yo'naltirish;
- akademik qarzdorlik va boshqa o'quv masalalari bo'yicha tushuntirish ishlarini kuchaytirish;
- talabalarning ko'p uchraydigan savollari bo'yicha axborot-tushuntirish materiallarini takomillashtirish;
- maslahat xizmatlaridan foydalangan talabalar qoniqishini muntazam o'rganish;
- murojaatlar natijalarini tahlil qilish va aniqlangan muammolar bo'yicha takomillashtirish choralarini ishlab chiqish;
- Talabalar bilan ishlash tizimi faoliyatiga oid monitoring natijalarini muntazam umumlashtirib borish.