Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti iqtisodiyot fakultetida buyuk shoir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida talaba-yoshlar tomonidan Boburning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Ushbu sahna chiqishlarida Boburning davlat boshqaruvidagi faoliyati, yurt ravnaqi yo‘lida amalga oshirgan islohotlari hamda boy adabiy merosi yorqin ifoda etildi.
Shuningdek, tadbirda Bobur g‘azallaridan namunalar o‘qildi, uning ibratli hayot yo‘li va ma’naviy merosi haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Oʼzbekcha
English
русский