O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi tashabbusi bilan "Sarkarda va shoir: Bobur siymosi” nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bank-moliya xizmatlari fakultetida o'zbek tili va adabiyoti kafedrasi tashabbusi buyuk sarkarda Zahiriddin Muhammad Boburning 543 yilligi munosabati bilan "Sarkarda va shoir: Bobur siymosi” nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida Boburning boy adabiy va tarixiy merosi, uning davlat boshqaruvidagi yuksak salohiyati, jasorati hamda ijodkorlik mahorati haqida atroflicha so‘z yuritildi. Talabalar tomonidan shoirning g‘azal va ruboiylari ifodali tarzda o‘qildi.
Shuningdek, tadbir doirasida Bobur hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishi namoyish etildi. Sahna asarida Boburning mardligi, donishmandligi va Vatanga bo‘lgan muhabbati badiiy obrazlar orqali yoritib berildi. Ushbu chiqish tadbirga o‘zgacha ruh va mazmun bag‘ishladi.
Oʼzbekcha
English
русский