uz en ru
Yangiliklar ro'yxatiga qaytish
15 1 daqiqa o'qish

"Ta’lim jarayonidagi yangiliklar" mavzusida brifing o‘tkazildi

"Ta’lim jarayonidagi yangiliklar" mavzusida brifing o‘tkazildi

Samarqand iqtisodiyot va servis institutida "Ta'lim jarayonidagi yangiliklar" mavzusida brifing o'tkazildi.

Brifingda institut rektori Muhiddin Egamberdiyevich Po'latov ishtirok etib, ta'lim jarayonida amalga oshirilayotgan yangiliklar, ta'lim sifatini oshirish, talabalarga yaratilayotgan imkoniyatlar hamda o'quv jarayonini yanada takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma'lumot berdi.

Shuningdek, brifing davomida zamonaviy ta'lim yondashuvlarini joriy etish, talabalarning bilim va ko'nikmalarini rivojlantirish, professor-o'qituvchilar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda ta'lim jarayonining samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida fikr yuritildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarning savollariga batafsil javoblar berilib, ta'lim jarayonini yanada rivojlantirish bo'yicha fikr va takliflar tinglandi.