uz en ru
Yangiliklar ro'yxatiga qaytish
25 1 daqiqa o'qish #tadbir #SamISI

Samarqand iqtisodiyot va servis institutida "Men sevgan asar" mavzusida kitobxonlik tanlovi tashkil etildi

Samarqand iqtisodiyot va servis institutida "Men sevgan asar" mavzusida kitobxonlik tanlovi tashkil etildi
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti tyutorlari tashabbusi bilan talabalarning kitob mutolaasiga bo'lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida "Men sevgan asar" loyihasi doirasida kitobxonlik tanlovi bo'lib o'tdi

Tadbir davomida talabalar o'zlari yoqtirgan asar haqida batafsil gapirib berishdi hamda kitobning inson tafakkurini boyitishdagi o'rni, mutolaaga odatlanishning ahamiyati, shuningdek, bilim va ma'rifat manbai sifatidagi qadri haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Tanlov so'ngida g'oliblar diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.