uz en ru
Назад: Новости
28 1 мин чтения

Xalqaro turizm kuni munosabati bilan Samarqand iqtisodiyot va servis instituti jamoasi taqdirlandi

Xalqaro turizm kuni munosabati bilan Samarqand iqtisodiyot va servis instituti jamoasi taqdirlandi

Xalqaro turizm kuni munosabati bilan turizm sohasini izchil rivojlantirish, soha uchun zamonaviy bilim va ko'nikmalarga ega, malakali kadrlar tayyorlash, shuningdek, Samarqand viloyatining ulkan turistik salohiyatini yuksaltirishga qo'shib kelayotgan salmoqli hissasi uchun Samarqand iqtisodiyot va servis instituti jamoasi Samarqand viloyati hokimligi tomonidan munosib taqdirlandi.

Ushbu yuksak e'tirof institut jamoasining turizm ta'limi, ilmiy-tadqiqot, amaliy faoliyat hamda sohadagi innovatsion loyihalarni rivojlantirish borasidagi ko'p yillik samarali mehnatining munosib bahosidir.

Bugungi kunda institut tomonidan turizm sohasi uchun raqobatbardosh va zamonaviy kadrlar tayyorlash, ta'lim jarayonini amaliyot bilan uyg'unlashtirish, ilg'or xorijiy tajribalarni joriy etish hamda Samarqandning turistik jozibadorligini oshirishga qaratilgan qator muhim tashabbuslar amalga oshirilmoqda.

Samarqandning boy tarixiy-madaniy merosi, betakror me'moriy obidalari va ulkan turistik imkoniyatlarini keng targ'ib etishda institut jamoasining ilmiy, ta'limiy va amaliy faoliyati alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Mazkur e'tirof institut jamoasining turizm sohasini rivojlantirish yo'lidagi fidokorona mehnatiga berilgan yuksak baho bo'lib, jamoani yangi marralar sari yanada katta g'ayrat, mas'uliyat va tashabbuskorlik bilan harakat qilishga undaydi.