uz en ru
Назад: Новости
21 1 мин чтения

Servis fakultetida “Kelajak tadbirkori – 2026” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Servis fakultetida “Kelajak tadbirkori – 2026” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti servis fakulteti 4-bosqich talabalari ishtirokida "Kelajak tadbirkori - 2026" mavzusida targ'ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda yoshlarning bandligini ta'minlash, tadbirkorlik faoliyatini boshlash, biznes tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash hamda imtiyozli kreditlardan foydalanish imkoniyatlari haqida ma'lumot berildi. Shuningdek, "Kelajakka qadam", "Biznes start", "Biznes progress", "Talaba invest", "Mening birinchi kasbim" va "Talaba Expo-2026" loyihalari doirasidagi imkoniyatlar tushuntirildi.