Xalqaro turizm haftaligi doirasida seminar trening o‘tkazildi
Samarqand iqtisodiyot va servis institutida Xalqaro turizm haftaligi doirasida “Turizm ta’lim forumi” seminar-treninggi tashkil etildi. Tadbir turizm sohasidagi ilmiy-nazariy yo‘nalishlar bilan bir qatorda amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonlarini yanada takomillashtirishga qaratildi.
Seminarda turizm kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan dolzarb mavzularda ma’ruzalar taqdim etildi. Talabalar innovatsion turistik g‘oyalar, amaliy loyihalar va startap tashabbuslari bo‘yicha fikr almashib, o‘z ijodiy qarashlarini namoyish etdilar. Bu esa yoshlarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.
Tadbir davomida turizm ta’limining kelajak istiqbollari, kadrlar salohiyatini oshirish strategiyalari, turizm diplomatiyasi va xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari yuzasidan ham batafsil ma’lumotlar berildi.
“Turizm ta’lim forumi” doirasidagi ushbu seminar mazmuni, ilmiy-amaliy yondashuvlari hamda ishtirokchilarning faolligi bilan Xalqaro turizm haftaligining muhim tadbirlaridan biri bo‘lib qayd etildi.
Oʼzbekcha
English
русский